oila
bilan ulashing
1. Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tugʻishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui; xonadon.
-
Ahil oila. Sanʼatkorlar oilasi. Oila boshligʻi.
-
[Eshvoy] Kambagʻal boʻlishiga qaramay, Yoʻlchining oilasiga yordam koʻrsatar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oilaning har bir aʼzosi oʻz ishi, yumushi bilan mashgʻul. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Birovga qiziqish, oila qurish Bu gaplar Zamirani choʻchitar, Ochil uni yomon yoʻlga boshlayotganday tuyulardi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. koʻchma Bir maqsad, maslak bilan birlashgan koʻp kishilar, xalqlar, mamlakatlar.
-
Oʻzbekistonda turli millat vakillari bir oila boʻlib yashamoqdalar. Gazetadan
-
— Butun askarlar bir oila, ahil, mehribon va qalin doʻstmiz, — dedi Bektemir. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Oʻsimliklar va hayvonlar sistematikasida tuzilish jihatidan bir-biriga oʻxshash, kelib chiqish jihatidan ham oʻzaro yaqin bir necha urugʻni oʻz ichiga olgan guruh.
-
Dukkaklilar oilasi. Oʻrdaktumshuqlilar oilasi.
-
Turp butaguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik, ildizmevali koʻkat oʻsimligi deyishadi botaniklar. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
4. Qardosh tillar guruhi.
-
Oltoy tillar oilasi. Som-hom tillari oilasi.
5. so‘zlashuv tili Rafiqa, xotin.
-
Oilam maktabda oʻqituvchi.
oila soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oilani buzmoq
-
Jahl ustida urishib qolgan boʻlsangiz, ehtimol, yarashib qolarsiz. Qaynatangiz, qaynanangiz kelib qolishar? Oilangizni buzmang! Mirmuhsin, Umid
OILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar