tez
bilan ulashing
1. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan, oz (qisqa) vaqt ichida; darrov, tezda.
-
Majlis tez tugadi. Bola oʻqish-yozishni tez oʻrgandi. Voqealar tez rivojlanmoqda. Shoshmasang, tez yetarsan, shoshgandan oʻzib ketarsan. Maqol
-
Bordi-yu, koʻklam seryomgʻir kelgudek boʻlsa, yer tez yetilmaydi, ekin kechikib ketadi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
-
Havo ayniyapti, ukajon. Bunaqa havoda choʻqqiga chiqish xavfli, Togʻda qorongʻi tez tushadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Darhol, shu topda, shu on, zudlik bilan.
-
Naq peshin vaqtida Yormat choy-non olib keldi, ularni yerga qoʻymasdan, Yoʻlchini koyidi: — Tez chiqing-ye kunning issigʻini sezasizmi?! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qudrat tez javob aytolmadi. Singlisini, shu bilan birga oʻzini ham yupatish uchun bahona axtardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Boy tez fahmladi-da: — Shundaymi, jiyan, — deb kuldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Meʼyordagiga nisbatan oldinroq, ilgariroq.
-
Bola otasining soʻzlaridagi maʼnoni durust tushunmagani uchun bunchalik tez va oson xoʻp dedi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Sidiqjonning onasi Xadicha xola umrini xorlik-zorlik tortib oʻtkazgan hamma kishilarday tez qarigan A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Katta surʼat bilan, shaxdam, jadal.
-
Tez ishlamoq. Tez yurmoq. Tez oʻqimoq.
-
Soy uncha katta boʻlmasa ham, nihoyatda tez oqar, qulq-qulq etgan tovushlar suv ostida katta-katta toshlar yumalayotganini bildirib turar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Yillar shu qadar tez oʻtardiki, ha-huv deguncha u oltmishdan oshib, paygʻambar yoshiga yaqinlashmoqda Mirmuhsin, Meʼmor
-
U Dilbarga yetib olish uchunmi yoki qattiq hayajonga tushganidanmi —
-
tez qadam tashlay boshladi. Guldasta
5. sifatdosh Darrov achchigʻlanib, qizishib ketadigan, serjahl, jizzaki.
-
Juda tezsiz-da, Ahmadjon, berdisini eshitmay boʻgʻasiz-a! S. Karomatov, Hijron
-
E men bu ishga aralashmas edim, bu yigitning oʻzi tezroq. N. Safarov, Uygʻonish
6. so‘zlashuv tili Juda tez ishlaydigan, tezkor.
-
Juda tez usta.
tez soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tez kunda (yoki kun ichida)
-
Azalda taqdirimiz qora bitilgan ekanmi, tez kunda boshimizga ogʻir kunlar tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Soraxon tez fursat ichida uning koʻnglidan Munisxon ishqini yuvib chiqardi. A. Qahhor. Sarob
Tez aytish
Tez boʻl
-
Yuring, tez boʻling. Hamro opam betob boʻlib qoldi. Tuygʻun, Zulfizar
Jahli (yoki achchigʻi, feʼli) tez
-
Shommi kalning jahli juda tez boʻlib, yuragida kek saqlovchi kishi edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Domlaning achchiqlari tez, asabiy mijoz ekanliklarini aytib oʻtgan edim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Xotining, bunaqa feʼli tez ekan, [bolani] olib ketmagani ham durust. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Tili tez
-
Oh, oʻgʻlim, yoshsan, tiling tez, oʻng-tersiga qaramay gapiraverasan. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Zehni tez
Tez yordam
-
Tez yordam mashinasi. Tez yordam chaqirmoq.
-
Hamma shahar va tumanlarda tez yordam stansiyalari ishlab turibdi. Gazetadan
TEZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tez so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar