texnika
bilan ulashing
1. Jamiyatning inson faoliyatidagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshiruvchi va noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi vositalar yigʻindisi.
-
Ilgʻor texnika. Aviatsiya texnikasi. Paxta terish texnikasi. Texnika fanlari. Texnikadan unumli foydalanmoq.
-
Dushman Oryol va Belgorod rayonlariga bu kungacha hech qaysi frontda koʻrilmagan yoki oz koʻrilgan texnikani taxt qilib qoʻygan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Jabborov texnikani yana bir sidra koʻzdan kechirish uchun besh kun imkoniyat borligini aytdi. N. Hayitqulov, Yer tafti
-
Bizning zamonamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarning shiddat bilan rivojlanishi, fan va texnika taraqqiyotining tezlashishi bilan xarakterlanadi. Fan va turmush
2. Ishlab chiqarishning biror sohasida qoʻllanadigan mashina, mexanizm, asbob, qurol, moslama va shu kabilar majmui.
3. Biror ish-faoliyat yoki harakat turida orttirilgan mahorat darajasi, malaka va koʻnikmalar yigʻindisi; sanʼat, mahorat.
-
Suzish texnikasi. Qurilish texnikasi. Sport texnikasi. Balet texnikasini egallamoq.
texnika soʻzi qatnashgan jumlalar:
Texnika ekinlari
Xavfsizlik texnikasi yoki texnika xavfsizligi
-
Kommunal xoʻjalik idoralari texnika xavfsizligi yuzasidan gʻamxoʻrlik qilishlari darkor. Gazetadan
TEXNIKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕХНИКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
texnika so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar