tevarak
bilan ulashing
1. Kuzatuvchi, soʻzlovchiga yoki boshqa shaxs, narsaga nisbatan hamma yoq, tomon, joy, atrof.
-
Tevarakka koʻz yugurtirar ekan, Olimovning ham peshonasi tirishib ketdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Yana tevarakdan odamlar toʻxtovsiz ravishda bu yerga kelmoqda edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Suvonjon tevarakni qoplab olgan qorongʻilikka qoʻrqinch toʻla koʻzlari bilan tikilar, butun vujudi bilan oʻz nidosiga biror javob kutardi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Biror narsaning gir atrofi, aylanasi.
-
Hovuzning tevaragida teraklar oʻsgan.
-
Oʻzining tevaragi tekis qilib qirqilgan qora soqol va chiroyli moʻylovi bilan zamonasining qorni katta boylariga sira oʻxshamagan Teshaboy ham odamlar nazaridan chetda emas edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida rang-barang kapalaklar bazm quradi, asalarilar gʻuvullaydi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. koʻchma Biror shaxs, guruh, kuch va shu kabilarning birlashtiruvchi doirasi, atrofi.
-
U [Qudrat] oʻz tevaragiga Gʻulomjon, Zamon, Barot polvon singari yoru doʻstlarini yigʻib, ularning yordam va madadlari bilan qishloq mazlumlarining haq va huquqlarini qoʻlidan kelganicha himoya qilib, ularga balogardon boʻlib keladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Atrofida boʻlgan, atrofidagi.
-
Yolgʻiz Tiktepa qishlogʻidagina emas, tevarak qishloqlarda ham mulla Obidning ertagi ekindagi muvaffaqiyati ogʻizdan ogʻizga yurib ketdi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Tevarak bogʻlarda toʻladi yaproq, Mehnatkash daraxtlar tiklaydi qaddin. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
5. kum. vzf. kam qoʻll. Atrofida.
-
Vahima va tahlikali holga qirq yosh tevaragida tushganidan dalolat beradi. Gazetadan
TEVARAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕВАРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tevarak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar