tetik
bilan ulashing
1. Jismoniy, ruhiy jihatdan zaiflashmagan; bardam.
-
Onam yetmishdan oshib qolgan boʻlsalar ham, hali ancha tetiklar M. Qoriyev, Oydin kechalar
-
Ibrohim ota bardammi, Oysha xola tetikmi, ukang Sherniyoz sogʻmi? J. Sharipov, Xorazm
-
Ogʻaynilar tushkunlikka tushmadilar. Quvnoq va tetik kayfiyatda xayrlashdilar. F. Musajonov, Himmat
2. Harakat-holati, darajasi va shu kabilar jihatdan bardam, tiyrak.
-
Temirjon odamlar qatori koʻpaygan trotuarda ildam va tetik qadam otib borardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Aziza oʻzini bir oz oldirgan, ammo hamon oʻshanday chiroyli, koʻzlari kirtayib qolgan boʻlsa ham, tetik boqar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Soylik tomondan kelayotgan tetik va yangroq ovoz Elmurodning oʻyini buzdi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. koʻchma Hayiqishni bilmaydigan, dadil gapiradigan, oʻz fikrini baralla ayta oladigan.
-
Qandolat opaga ne balo boʻldi, deyman, hayron boʻlaman. Gapga chaqqon, tetik xotin edi-ku! Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
-
Pochchayev, qurilishga biron fikri tetikroq bola kelib qolsa, darrov iziga tushadi. A. Muxtor, Tugʻilish
TETIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕТИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tetik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar