ko‘lanka
bilan ulashing
1. Oftob nuridan toʻsilgan joy; soya.
-
Abduvahob ayvondagi koʻlankaga oʻtirdi, oʻgʻilchasini tizzasiga olib, peshonasidan oʻpdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Mashina teraklarning quyuq koʻlankasi ostida uchib borarkan, Qudratning doʻstlari koʻm-koʻk va boʻliq paxtazor dalalarni unga koʻrsatib, faxrlanar edilar. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
2. Kishi va narsalarning yorugʻlikka qarama-qarshi tomonga tushadigan soyasi.
-
Aravani ot tortar, koʻlankasini it tortar. Maqol
-
Olis-olislarda yigitlarning koʻlankalari koʻrinadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Roʻparadagi uyda chiroq yondi. Darparda orqasida tebranib turgan koʻlanka toʻxtadi. Gazetadan
-
Qaragʻaylarning koʻlankasi tungi sokin havoda qimir etmay turardi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
3. Uzoqda, qorongʻilikda, tumanda gʻira-shira koʻringan narsa; qora, sharpa.
-
Koʻngli aldamagan ekan: uzoqdan allaqanday koʻlanka qorayib koʻrindi. X. Sultonov, Onamning yurti
-
Bashorat yaqin bordi, koʻlanka yana qimirladi. A. Muxtor, Opa-singillar
4. koʻchma Biror ichki ruhiy holatning (masalan, tashvish, gʻam, azob) ifodasi, aksi.
-
Sheʼriyat boshiga zulmat koʻlankasi tushdi. Zulfiya, Xayollar, tuygʻular.
-
uning [Madrayimning] nuroniy chehrasini, xuddi quyoshni bulut bosganidek, qaygʻu-alam koʻlankasi chulgʻab oldi. Mushtum
-
Iqbol xola uning chehrasidagi alam koʻlankasini ilgʻamadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. koʻchma (3-sh. egalik va oʻ.-p. k. shaklida) Biror kimsaning himoyasi; panoh, homiylik.
-
Birovning koʻlankasida yashamoq.
-
— Qalay, Homidbek, yurtlaringiz tinchlikmi? — Xudoga shukur, davlatlari koʻlankasida. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. kam qoʻll. Narsalarning boshlangʻich shakli, hali toʻla shakllanmagan umumiy koʻrinishi.
-
Chigit ekish boshlanguncha, yangi qishloqning koʻlankasi koʻrinib qoldi: hali ochilmagan koʻchalarning ikki yuziga sakson besh mingdan ortiq koʻchat oʻtqazildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
ko‘lanka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻlankasi qolibdi
-
Soʻrila-soʻrila koʻlankasi qolgan sovliq nimaga yaraydi? S. Anorboyev, Oqsoy
Koʻlanka (sini) solmoq
-
[Nigoraning] bu tabassumi zoʻrma-zoʻraki ekanini, qandaydir gʻussa yuziga koʻlanka solib turganini Sherbek bir boqishdayoq payqadi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Urush barcha qatori Maqsuda opaning ham boshiga oʻz koʻlankasini soldi. Gazetadan
Oʻz koʻlankasidan (ham) qoʻrqmoq
-
Lekin Madamin yuragini oldirib, oʻz koʻlankasidan qoʻrqadigan boʻlib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Oʻzi xon, koʻlankasi maydon
Qora koʻlanka
-
Bilaman, ana, hozir sen turgan oʻlka Boshida qanot yozgan qora koʻlanka. Gʻayratiy
KO‘LANKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЛАНКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘lanka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar