quchoqla
bilan ulashing
1. Quchogʻiga olmoq; quchmoq.
-
Quchoqlasang, quchogʻingda toʻlib tursin. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Men hozirgina terilgan lolalarni quchoqlab, oʻrnimdan turdim. Gul-dasta
-
U hoʻng-hoʻng yigʻlar, otasining oyoqlarini quchoqlab yalinardi. K. Yashin, Hamza
-
Soʻzamol yigit Otamurodning yelkasiga qoqib, yana belidan quchoqlab, dast koʻtarib, yerga qoʻydi. M. Mansurov, Yombi
-
Toʻlqin Gʻani otaning yelkasiga yopishib, boʻynidan mahkam quchoqlab oldi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Umuman, ikki qoʻl orasiga olib va bagʻir berib, mahkam ushlamoq, yopishmoq.
-
Daraxtni quchoqlab olmoq.
-
Tursunboy qamish kapa oldida tizzasini quchoqlab, darvesh qiyofasida oʻtirardi. S. Ahmad, Ufq
-
Bechora ona chidolmadi, qabrni quchoqlab, uvvos tortdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
QUCHOQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЧОҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quchoqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar