quchoq
bilan ulashing
1. Ikki qoʻlning old qismini birlashtirib, oraligʻiga biror shaxs yoki narsa olinadigan (olingan) holat.
-
Shahzodaxon Olchinbekning quchogʻidan zoʻrgʻa sugʻurilib chiqib oldi. K. Yashin, Hamza
-
Toʻlan siltanib, Yoʻldoshning quchogʻidan chiqishga urindi. Yoʻldosh Toʻlanga yopishib olib, hamon yalinyapti. S. Siyoyev, Avaz
-
Tizzasini quchogʻidan qoʻyib yuborib, unga intildi. S. Ahmad, Ufq
2. koʻchma Poet. Ogʻush, bagʻir. Tabiat quchogʻida yayramoq. Bola uyqu quchogʻida. U shirin xayollar quchogʻidan chiqolmas edi.
-
— Koshkiydi qishlogʻimizga kelsang, — dedi Komil kulib. — Bizda xalq doktorni juda izzat qiladi. Agar Toshkent quchogʻidan ayrila bilsang. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Mana, siz, farzandlarim, Yoshligingiz zabardast. Maktab — ilm quchogʻida Oʻsasiz oʻqib, yayrab. Q. Muhammadiy
-
Suvonjon eshikni kuch bilan ochib, oʻzini boʻronning quchogʻiga otdi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. Quchoqqa sigʻadigan oʻlchov miqdorni bildiradi (odatda, son-miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan, shuningdek, takror holda — quchoq-quchoq kabi qoʻllanadi).
-
Ikki quchoq oʻtni oxurlarga tashladi. Quchoq-quchoq matolar.
-
U bir quchoq oʻtin terib kelganida, Sultonov yuzlari oppoq oqarganicha, choʻzilib yotar edi. M. Mansurov, Yombi
-
Bir ozdan keyin komissar uni chaqirib, bir quchoq xat topshirdi. I. Rahim, Chin muhabbat
quchoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quchoq ochmoq (yoki yozmoq)
-
Zumrad quchogʻini ochib, hovliga otildi: — Keldingmi, qoʻzichogʻim? — u oʻgʻlini achom qildi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Qiz quchogʻini ochsa, yigit yoʻq deydimi! I. Rahim, Chin muhabbat
-
Koʻrishgani quchoq yozib kelayotgan kampirning ust-boshini koʻrib, [Sharofatning] zahri bir oz tarqaldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Zarbdor qurilishlar yoshlarni quchoq ochib qarshilaydi.
-
Sizlar bilan qutlab, quchogʻim Ochay yangi, navqiron yilga. Gʻayratiy
QUCHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЧОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quchoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar