qo‘ng‘iroq
bilan ulashing
1. Silkitilganda, tili devorlarga urilib sado chiqaradigan, toʻntarilsan konus shaklidagi metall asbob.
-
Mis qoʻngʻiroq. Butxona qoʻngʻirogʻi. Qoʻngʻiroq chalmoq. Tuyasidan qoʻngʻirogʻi qimmat. Maqol
-
Boʻyinlariga osilgan qoʻngʻiroqlarni ogʻir jaranglatib, tuyalar oʻtadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ovoz chiqarib signal beradigan har qanday moslama.
-
Soat qoʻngʻirogʻi.
-
Xolmat elektr qoʻngʻiroq knopkasini bosishi bilan, xona ichkarisidan yoqimli ovoz eshitildi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Karavot yonidagi stol ustida turgan telefon qoʻngʻirogʻi jiringladi. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi.
3. so‘zlashuv tili Telefon.
-
Toʻxta, sen domla pochchangni bu yerga kirgizib yuborib, oʻzing qoʻngʻiroqning oldida oʻtir. Birpasdan keyin men qoʻngʻiroq beraman. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
4. sft. koʻchma Jaranglama, yoqimli (ovoz haqida).
-
— Men sizni tanimadim, — dedi qiz qoʻngʻiroq tovush bilan qatʼiy. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Uning qoʻngʻiroq ovozini eshit-gan har bir kishi, uzoqlardan boʻlsa ham yetib kelardi. J. Sharipov, Xorazm
5. sft. koʻchma Buralib-buralib turadigan, jingalak (soch, jun va shu kabilar haqida).
-
Sochi qoʻngʻiroq qizcha.
-
Xalil jajjigina, istarasi issiq, sochlari qoʻngʻiroq, boʻyi oʻziga qariyb teng keladigan dilkash bir qiz bilan tanishdi. Tuygʻun, Doʻstlik sevinchlari
qo‘ng‘iroq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻngʻiroq qilmoq
-
Ertalabdan kechgacha, gohida tunlari ham telefon trubkasiga yopishib olib, toʻrt tarafga qoʻngʻiroq qiladi. T. Alimov, Xushbichim yigit
QO‘NG‘IROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎНҒИРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ng‘iroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar