qo‘lansa
bilan ulashing
1. Yoqimsiz hid tarqatadigan; sassiq, badboʻy.
-
Qoʻlansa hid.
-
Ming-boshi yaktak barlarini ochib tashlab, yelpina boshladi. Semiz badanidan qoʻlansa ter hidi anqir edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Badboʻy hid.
-
Yoʻlchi quruq namatga yotib, ustiga koʻrpacha yopdi. Koʻrpachadan zax hidi bilan ot shiptirining qoʻlansasi dimoqqa urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Badboʻy hidli.
-
Bu xona ham nimqorongʻi va qoʻlansa edi. Yoshlik
4. koʻchma Qoʻpol; yoqimsiz (gap, muomala haqida).
-
Muncha ham qoʻlansa odam ekansiz. Doʻqini qarang-a! B. Rahmonov, Yurak sirlari
-
Yursa ham, tursa ham, xayolida uning [Qodirqulning] qoʻlansa gapi A. Muhiddin, Inson qalbi otash
QO‘LANSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎЛАНСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘lansa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar