qo‘l
bilan ulashing
1. Odamning barmoq uchlaridan yelkasigacha boʻlgan qismi, aʼzosi.
-
Baquvvat qoʻllar. Qoʻlni oldinga choʻzmoq. Ikki qoʻlni yuqori koʻtarmoq. Qoʻl kuchi. Bosh qashigani ham qoʻlim tegmaydi.
-
Yoʻlchi ikkinchi qoʻli bilan Qora Ahmadning bir qoʻlini orqaga qayirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shu aʼzoning bilakdan barmoqlar uchigacha boʻlgan qismi; panja.
-
Qoʻl bilan silamoq. Qoʻl bilan ushlamoq.
-
Yoʻldosh orqadan asta kelib, Elmurodning koʻzini ikki qoʻli bilan bekitdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Qozi domla qoʻllarini yuvib turib, dasturxonga koʻz yugurtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Ish-mehnat bajaruvchi aʼzo (vosita) sifatida.
-
Qoʻlim band,
-
Men bu mol-dunyoni, yer-suvni qoʻlim bilan topgan emasman, aqlim bilan topganman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Otabek bilan birga Tashkent tushib, oʻz qoʻllari bilan toʻyimizni oʻtkazishingizga ishonib Yusufbek hoji. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. so‘zlashuv tili Hayvonlarning oldingi oyoqlari.
-
Qoʻyning qoʻli va soni. Qoʻl goʻshti.
5. so‘zlashuv tili Barmoq.
-
Oʻrta qoʻl. Besh qoʻl baravar emas. Maqol
6. Har kimning oʻziga xos yozuv usuli, uslubi, yozuvi, xati va uning ifodasi.
-
Qutidor qizining maqsadiga tushunib, ikki turli qoʻlni darrov payqab oldi: — Vijdonsiz, iblis, — deb qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Nizomiddinov:] Xat bilmaydigan ogʻzaki guvohlar ham bor, yozib beray desam, hamma arizalar bir odamning qoʻli bilan yozilgan, degan shubha boʻlmasin. S. Ahmad, Hukm
7. Imzo.
-
Dalolatnomaga qoʻl qoʻymoq. Shartnomaga qoʻl qoʻymoq.
-
Xoʻjabekov — rais, Saidgʻozi bir kichkina odam Barcha hujjatlarda Xoʻjabekovning qoʻli. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Omborchi: — Boʻta qoʻl qoʻymagan qogʻozni qogʻoz demayman, — deb katta ketvordi. S. Ahmad, Hukm
8. Har kimning oʻziga xos ish usuli, uslubi, ishi, xatti-harakati; shuni aks ettiruvchi ifoda.
-
Hovlini oʻrab turgan devorlar ham yangidan urilgan, ichkarisidan hammasi ganch bilan suvalgan. Hamma yoqda aka-sining qoʻli koʻrinadi. H. Ahmar, Kim haq?
9. Imkon, imkoniyat.
10. (3-sh. egalik hamda j.k. va oʻ.-p. k. shaklida koʻm. vaz.: qoʻliga, qoʻlida) Ixtiyoriga, izmiga; ixtiyorida, izmida.
-
Kishi hurmati oʻz qoʻlida. Maqol
-
[Kumush] Bu uydan chiqib ketishni, bir-ikki oylab Otabekni Zaynab qoʻliga topshirib qoʻyishni yana muvofiq koʻchmas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Agarda xon koʻtarish mening qoʻlimda boʻlsa edi, xon qilib Otabekni koʻtarar edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
qo‘l soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻli tegmaydi
Ikki qoʻlini burniga suqib (yoki tiqib)
Qayoqqa qoʻl uzatsa yetadi
Qoʻli baland
Qoʻli kalta (yoki qisqa)
-
[Dadajon aka:] Oʻylab qarasam, doʻppi tor ekan. Kattaroq toʻy qilishga qoʻlimiz kalta ekan. I. Rahim, Ixlos
Qoʻli uzun
-
Uning qoʻli uzun edi, davlatning bir qismini dadasidan, ukasidan yashirin ishlatib, xolis oʻziga qarashli katta bir boylik orttirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qoʻlidan keladi
-
U [Nuri] juda dadil va ayyor qiz. Uning qoʻlidan har qanday ish keladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Besh qoʻlini ogʻziga urmoq (yoki tiqmoq)
Gah desa (yoki deganda) qoʻlga qoʻnadigan qilib olmoq
Yolgʻiz (yoki yakka) qoʻl
Koʻngliga (yoki yuragiga, koʻksiga, qoʻltigʻiga, qoʻyniga) qoʻl solib koʻrmoq
-
Oʻktam toʻy-hasham toʻgʻrisida soʻz ochib, qizning koʻngliga qoʻl solmoqchi boʻldi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Oyogʻi olti(ta), qoʻli yetti(ta)
Oyogʻini qoʻlga olib
Chap (yoki soʻl) qoʻl
-
Chap qoʻlga yurmoq. Chap qoʻldagi koʻcha.
Oʻng qoʻl
-
Oʻng qoʻlga burilmoq. Oʻng qoʻldagi uy. Oʻng qoʻldan mashina kelib qoldi.
-
— Qayoqqa yuramiz, — dedi Sidiqjon qayrilib, uning koʻziga qarab. — Oʻng qoʻlga, — dedi xotin. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bu kishi Azizbekning amiri lashkari va oʻng qoʻli boʻlgan Rayimbek dodxoh edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qoʻl bermoq
-
Bir kun Margʻilondan bir eshon keldi. Boyimiz oʻsha kishiga qoʻl bergan ekan, yaʼni oʻsha kishining muridi ekan. I. Rahim, Ixlos
Qoʻl kelmoq
-
Yerni begona oʻtlardan tozalashda qoʻl keladigan asbob.
-
Dalabop qattiq trinkadan besh-olti metr olaman. Ularga judayam qoʻl keladi. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
Qoʻl koʻtarmoq
-
Kimda-kim Nuʼmon hoji Qalandarov bu yerdan badargʻa qilinsin desa, qoʻlini koʻtarsin. Hamma baravar qoʻl koʻtardi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qurshovga olingan dushman qismlari qarshilikni toʻxtatib, qoʻl koʻtardilar;
-
Nega sohibkorga qoʻl koʻtarding? Kuchingni qayerga qoʻyishni bilmayapsanmi? J. Sharipov, Xorazm
Qoʻl siltamoq
Qoʻl tegizmoq (yoki urmoq)
-
Ovqatga hech kim qoʻl urmadi;
-
U [Muxammad] qaysi ishga qoʻl ursa, uni uddalay olar edi. M. Osim, Sehrli soʻz
Qoʻl uchida yoki qoʻl uchi bilan
-
Doktor uni qoʻl uchidagina koʻrdi, dori bermadi, tayinli bir gap ham aytmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
U [Xolmat] Toʻraxonovdan haqiqiy yordam kutgan Faqat balandparvoz soʻzlar eshitdi va [toʻgʻonni] pala-partish, qoʻl uchida qurishga daʼvat qilindi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Bu qanday gap axir, oʻzim qoʻl uchida tirikchilik qilaman-u, sening uchun shu kunimdan ham ayrilaymi? H. Shams, Oqpadar
Qoʻl yuvmoq
Qoʻlga olmoq
-
Xumparning ogʻzi-burnini moylab, qoʻlga olib boʻlmasmikin? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Muxtorxonni Afgʻoniston chegarasida qoʻlga olibdilar. A. Qahhor, Sarob
Qoʻlga tushmoq
-
Gap tarqadi: birov tilmoch Hokim toʻraning xotini bilan qoʻlga tushib qopti, desa, yana birov tilmoch Hokim toʻraning qorovuli bilan qoʻlga tushib qopti, deyar edi. S. Ahmad, Hukm
-
Qoʻlga tushibsan, seni rosa laqillatishibdi.
Qoʻli bormaydi
-
Tutni kesishga qoʻlim bormayapti.
-
Mol ketdi — jon ketdi, ishga ham qoʻlim bormaydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Qoʻli ochiq yoki ochiq qoʻl
-
Qoʻli ochiqning yoʻli ochiq. Maqol
Qoʻli egri
Qoʻli yupqa
-
Oʻsha kunlari Malohat aya yashayotgan qishloqdan yetmish chaqirim narida qoʻli yupqaroq bir kishining xonadoniga olov tutashib yonib ketibdi. Gazetadan
Qoʻli qichidi
Qoʻli koʻliga tegmaslik
Qoʻlini sovuq suvga urmaydi
-
Nusratilla roʻzgʻorda qoʻlini sovuq suvga urmaydi. A. Muxtor, Opa-singillar
Qoʻlni bigiz qilmoq
Qoʻlni yuvib, qoʻltiqqa tiqmoq (yoki urmoq)
-
Baʼzilari gʻayratlari bekorga ketayotganini koʻrib, qoʻllarini yuvib, qoʻltiqqa urdilar. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
Qoʻlni qoʻlga bermoq
-
Qoʻlni qoʻlga berib ishlamoq.
-
Qadrdon dalalar, mehnat tongida Qoʻlni qoʻlga berar ikki baxtli yosh. Gʻayratiy
Harom qoʻl
-
Qayerdaki harom qoʻl bor, u yerda barakat yoʻq. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
QO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar