quch
bilan ulashing
1. Quchogʻiga olmoq; quchoqlamoq.
-
Oyxon chaqqon borib, uning belidan quchdi A. Muxtor, Kumush tola
-
Roʻparasida oʻn besh kunlik oydek boʻlib sevgilisi tursa-yu, uni qucha olmasa. T. Ashurov, Oq ot
-
Yashiray deb koʻzda yoshini, Quchib oldi qizning boshini. E. Rahim
2. koʻchma Oʻrab, qamrab olmoq; qoplamoq, chulgʻamoq.
-
Uch qadrdon, shoʻx opa-singil Zulmat quchgan qora oʻrmonda X. Davron, Qaqnus
-
Oh, u damlar! Eslasam, qalbimni quvonch, ruhimni shodlik quchadi. M. Jabborov, Sevinch ishlari
-
Qanot yozgan izgʻiriq Quchar yupun tanlarni. Gʻayratiy
3. Erishmoq, qozonmoq.
-
Gʻalaba quchmoq.
-
Paxtakor diyorimiz katta zafar quchdi. Ulkan oq oltin karvoni marraga yetdi. A. Dadaboyev, Qutlaymiz
-
Yillarki, shon quchgan har bir lahzasi, Har biri asrdan vazmin, mazmundor. E. Rahim
quch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yer(ni) quchmoq
-
Vahimaga tushgan general xanjarini ishga solmoqchi boʻlganida, Mardonbek kekirdagiga shunday musht tushirdiki, toʻtiburun yer quchib qoldi. S. Azimov, Oppoq qoʻshigʻi
-
Jangchilar bir zumda tarqalib, yerni quchdilar. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Yer quchsa-da jismimiz, Oʻchmagaydir ismimiz. Yo. Mirzo
QUCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar