qo‘ng‘ir
bilan ulashing
1. Qora-sariq rangli, toʻq malla.
-
Qoʻngʻir soch. Qoʻngʻir sigir. Qoʻngʻir koʻmir.
-
Dala-tuzni suv olsa, qoʻngʻir gʻozning toʻshidan. Maqol
-
Mirsaid qoʻngʻir koverkot pidjagini yechib, stolning suyanchigʻiga tashladi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
— Buniyam arzi bor ekan, — Nuriddin aka yonida iymanibgina oʻtirgan qoʻngʻir moʻylovli yigitga ishora qildi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Toʻq kulrang, qoramtir.
-
Traktorlar bir hafta kecha-kunduz toʻxtovsiz ishlab turdi, paxta dalalarining hammasi qoʻngʻir tusga kirdi. S. Mahkamov, Katta rulda
Qoʻngʻirsimonlar oilasiga mansub qush: tumshugʻi oʻtkir, oyoqlari kalta, boshida ikkita kokil oʻsib chiqqan, pati jigarrang oʻrdak.
-
Qoʻngʻirlar may oylarida tuxum ochib, joʻjalarini iyundayoq uchirma qilishadi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
QO‘NG‘IR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎНҒИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ng‘ir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar