ohista
bilan ulashing
1. Asta, qattiq ovoz chiqarmasdan, sekingina.
-
Ohista gapirmoq. Derazani ohista yopmoq.
-
— Rahmat Rahimjon aka! —
-
dedi Raʼno sekin. Dedi-yu, entikdi, soʻngra chuqur nafas olib, ohista takrorladi: — Katta rahmat! O. Yoqubov, Bahor kunlaridan birida
-
Avaz uygʻoq edi, otasi bilan ohista gaplashib kirayotgan kishining tovushini eshitdi-yu: Yana bir hamdard shekilli, deb shiftga qarab yotaverdi. S. Siyoyev, Avaz
2. Shoshmasdan, sekin, asta; shov-shuv koʻtarmasdan.
-
Raʼno ohistagina Anvarning yoniga kelib, supaga suyandi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Umid kirishda ohista u yoq-bu yoqqa qarab kirgani bilan, chiqishda mushukdek epchillik bilan zinapoyalardan tushdi. Mirmuhsin, Umid
3. Bilinar-bilinmas, sal-pal, zoʻrgʻa payqab oladigan darajada.
-
Koʻzni ohista ochib, yummoq. Boshni ohista chayqamoq. Oy ohista siljimoqda.
-
Qaygʻuga botgan koʻzlarini yumib, boshini ohista irgʻadi. Saodat
-
Pastdan shosha-pisha chiqib kelayotgan vrachning sharpasini sezgach, xiyol qoʻzgʻalib, ohista koʻzini ochdi. N. Aminov, Qahqaha
4. Hovliqmasdan, bosiqlik bilan, yotigʻi bilan.
-
Voqeani ohista bayon qilmoq.
-
Sizga shunday vazifa yuklandi: ukangiz, singlingiz, xoʻsh, yana kim bor — shularga ohista tushuntirasiz, yaʼni ular Mirzakarimboy otamga araz qilmasinlar. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Bildirmay, bilintirmay, oshkor qilmay, yashirincha.
-
Ohista ishora qilmoq.
-
Zamira Ochilning oʻtli qarashlarini avvaldan his qilar, lekin ularda suqlik sezmas, aksincha, koʻz-koʻzga tushganda, yigit ohista koʻzini olib qochar va uyalib, oʻzini mumkin qadar tortib yurar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Shiypon yaqiniga borib, ohista moʻralasam, kattakon gujum tagida Xolchuchuk oʻtiribdi. Saodat
6. Ehtiyotlik bilan, avaylab, astagina.
-
Yarani ohista bogʻlamoq. Bemorni ohista yotqizmoq.
-
Qaygʻu bilan charchagan qizning koʻzlari yumila boshladi. Yoʻlchi uning boshini kir yostiqqa ohista qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qamchi bilan Mavlon aka Botiralini ohista koʻtarib, aravaga oldilar. \. Gʻulom, Mashʼal
7. Tinch, osoyishta.
-
Bu qishloqda hayot ohista va bir maromda kechardi. Sharq yulduzi
8. Yengil, osongina.
-
Samolyot ohista Andijon tuprogʻiga qoʻndi. Yoshlik
OHISTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҲИСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ohista so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar