shipir
bilan ulashing
1. sheva Supurmoq.
-
Otaboy uning dorixonasiga yuk tashigan, Olmaxon eshik shipirib, kir yuvgan. I. Rahim, Tinimsiz shahar
-
Eshigimni shipirsin bu qoʻmondon H. Olimjon
2. koʻchma Yigʻishtirib olib ketmoq, ship-shiydam qilmoq.
-
Oʻgʻrilar ayyor boʻladi, oʻgʻlim. Ular tun qorongʻisida keladi-da, bir-pasda shipiradi-ketadi. Oybek, Bolalik
-
Ertami-indin Dildor albatta ketadi. Bisot-bagʻalni shipirib, uyni shipshiydam qilib ketadi. S. Ahmad, Ufq
3. koʻchma Kesib, uzib yoki uchirib ketmoq (tigʻ, oʻq va shu kabilar haqida). Kecha Homid xanjarli qoʻlini siltab tortganda, xanjar uning [Otabekning]
-
bosh barmogʻi orasini suyakka yetguncha shipirib ketgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. so‘zlashuv tili Batamom yeb tugatmoq, yeb qoʻymoq.
-
[Eshon] Oʻldirsa ham, palovxontoʻra oʻldirsin qilib, lagan-lagan oshni shipiribdi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
SHIPIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИПИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shipir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar