ko‘krak
bilan ulashing
1. Tananing boʻyindan qoringacha boʻlgan old qismi; koʻks.
-
[Elmurod] Qizarguncha yuvindi, hoʻl sochiq bilan koʻkrak, boʻyin va yagʻrinlarini obdan ishqalab, qonini betga teptirdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Shahodat mufti qariyb butun koʻkragini yopgan bahaybat mosh-guruch soqolini qalam bilan taradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Ayollar koʻksidagi bir juft sut bezi, emizish aʼzosi; emchak.
-
Gulnorning boʻyi oʻsib, koʻkragi toʻlishib, butun gavdasi qizlik latofati bilan yashnagan chogʻda boyvachcha uni koʻz tagiga olib qoʻygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kiyimning yuqori old qismi.
-
Koʻkrak choʻntak.
-
Uning egnidagi yakka bortli sheviot kostyum hali boʻyiga nisbatan ingichka boʻlgan qaddiga kenglik qiladi, koʻkragi bir oz xalta boʻlib, yoqasi koʻchib turibdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Havo isimagan boʻlsa ham, xomsemiz hokim, formasining koʻkrak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tutindi. M. Ismoilov, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma Yurak, dil.
-
Koʻzi soʻqirdan koʻkragi soʻqir yomon. Maqol
-
Uygʻoq edim [bolani] ertaga olib ketar, har nima boʻlganda ham, koʻkragida onalik mehri bordir [dedi Sidiqjon]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Gavharning yigʻi aralash boʻgʻiq ovozi Mahkamga oʻz koʻkragidan chiqayotganday boʻlardi. P. Qodirov, Uch ildiz
ko‘krak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻkrak bermoq
Koʻkragiga shamol tegdi
Koʻkragida yoli bor
Koʻkrak kermoq
-
Oʻsha pul boʻlganda, Nusratilla Qulmatqoraning oldiga koʻkrak kerib kirib borardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Koʻkrak kerib, postda turaman, Vatan yovi kul boʻlsin dogʻda. Gazetadan.
Koʻkrak qafasi
KO‘KRAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎКРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘krak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar