to‘lg‘an
bilan ulashing
1. Toʻlgʻamoq feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Ilon dumi toʻlgʻanishdan toʻxtab, yerga choʻzildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sherbek Nigoraga yer ostidan qaradi. Uning yoʻgʻon ikki oʻrim sochi baland quymichida toʻlgʻanib yotardi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Toʻlqinli harakatga kelmoq, toʻlqinlanmoq.
-
Oh tortdi qiz, goʻyoki daryo — Toʻlgʻandi-yu qirgʻoqdan oshdi. T. Toʻla
-
Qishloqning chap unguridan mangu kuyini chalganicha, toʻlgʻanib-toʻlgʻanib Oqdaryo oqib oʻtadi. Yoshlik
3. Alam-iztirob, bezovtalikdan oʻzini u yon-bu yonga tashlamoq, bezovtalanmoq.
-
Uning [Elgeldining] azobli toʻlgʻanishiga qarab faryod koʻtarmaslik uchun cheksiz bardosh, tosh yurak kerak edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Uch daqiqali kurashdan soʻng Mutal boʻshashdi, ilgarigi kuchanishlaridan qoldi va bir-ikki dafʼa toʻlgʻanib, jimgina jon berdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shermat aka kechasi bilan uxlolmay, toʻlgʻanib chiqdi. A. Hayitmetov, Poʻlat barmoqlar
TO‘LG‘AN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЛҒАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘lg‘an so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar