to‘lqinlan
bilan ulashing
1. Toʻlqinli harakatga kelmoq.
-
Suv toʻlqinlandi.
-
Pastda juda katta loyqa koʻl toʻlqinlanib yotar edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Shamolda qum dalasi dengizday jimir-jimir qiladi, toʻlqinlanadi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Toʻlqinlanar orqada Sochlar mayin bir ipak. Gʻayratiy
2. koʻchma Toʻlqinga oʻxshash harakatlanmoq, toʻlqinni eslatuvchi harakat qilmoq.
-
Miltiqlar oʻqtalganda, xalq ham bir qoʻzgʻalib, toʻlqinlanib oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shu vaqtgacha tinch yotgan xalq dengizi toʻlqinlanib, bosqinchilarni yutib, yoʻq qilib yuborish darajasiga keldi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Majlis oʻtayotganda, zal goʻyo toʻlqinlanayotganday edi. Mushtum
3. koʻchma Qaynab toshmoq, joʻsh urmoq, gʻalayon qilmoq, toʻlgʻanmoq, tugʻyon urmoq (his-tuygʻu, ichki kechinma va shu kabilar haqida).
-
Kutilmaganda qalbimda gʻurur hissi toʻlqinlanib ketdi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Elmurod ichida toʻlqinlangan hayajonni bosib gapirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Zokir bulbul qaynab-toshib, toʻlqinlanib kuylayverdi. Sh. Boʻtayev, Qoʻrgʻonlangan oy
TO‘LQINLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЛҚИНЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TO‘LQINLAN so‘ziga berilgan ma’nolar
to‘lqinlan so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
to‘lqinlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar