to‘lqin
bilan ulashing
1. Qattiq chayqalib turgan suv betidagi poʻrtana; dolgʻa.
-
Daryo toʻlqini. Qayiq toʻlqinda qalqib bormoqda. Dengiz toʻlqinga keldi.
-
Dengiz, muncha hovliqasan, Qayiqlarni irgʻitasan, Togʻday-togʻday toʻlqinlarni Sohillarga sen otasan. Gʻayratiy
-
Birdan suv chayqalib, toʻlqin turdi. Toʻlqin koʻtarila-koʻtarila, biz tomonga yetib keldi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Koʻprik tagidan shitob bilan oʻtayotgan Anhor toʻlqinlari goʻyo pastdan qaynab chiqar va yumalab-yumalab oqardi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. koʻchma Shakli, harakati va boshqalar belgisi bilan shu hodisani bildiruvchi narsalarga nisbatan qoʻllanadi.
-
Shamol toʻlqini. Qum toʻlqini.
-
Havo toʻlqini zarbidan daraxtlar egilar, shoxlari sinib tushardi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Xonga arzga boramiz, Jabr-zulmdan dod degan xalq toʻlqini Xivaga tomon oqib kelavergan. J. Sharipov, Xorazm
-
Uning ruhi ashulaning goh joʻshqin, goh ipakdek, nurdek mayin toʻlqinida oqib borardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Toʻlqin-toʻlqin uchib kelar kuy, Yuragimni quchib kelar kuy. G. Joʻrayeva
3. koʻchma His-tuygʻu, ichki kechinma va shu kabilarning joʻshqin harakati, toʻlgʻanishi, gʻalayoni; tugʻyon.
-
Gʻazab toʻlqinlari.
-
Yangiyer qandaydir katta bir quvonch toʻlqinida suzar edi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Mamlakatda xon-beklar zulmi avjiga mindi. Bularni oʻz koʻzi bilan koʻrgan Avaz nafratlanib, yurak toʻlqinini qogʻozga bitdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Elmurod, ichidan toʻl-qin urgan gʻazabini yashira olmay soʻradi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. fizika Fizik muhitdagi tebranma harakat.
-
Tovush toʻlqinlari. Elektromagnit toʻlqinlar. Qisqa toʻlqinlar.
5. Toʻlqin (erkaklar ismi).
TO‘LQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЛҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘lqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar