to‘lqinli
bilan ulashing
1. Toʻlqinlanib turgan, toʻlqinga kelgan, toʻlqini bor (toʻlqin — toʻgʻri va koʻchma maʼnoda).
-
Toʻlqinli daryo. Toʻlqinli shamol.
-
Qora dengiz Toʻlqinli dengiz E. Vohidov, Muhabbatnoma
-
Tarixning toʻlqinli, oʻtli izidan Qip-qizil qon tusli chechaklar terdim. Uygʻun
-
[Notiqlar] Bir-biridan joʻshqin, bir-biridan toʻlqinli soʻzlardirlar. Oybek, Ulugʻ yoʻl
2. fizika Belgili uzunlikka ega boʻlgan (fizik toʻlqinlar haqida).
-
Qisqa toʻlqinli nurlar.
-
Temir: — Qisqa toʻlqinli radioperedatchik orqali qizlar bilan tanishamiz, — deb Toʻlaganlarning vagoniga kelaverdi. A. Muxtor, Chinor
TO‘LQINLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЛҚИНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘lqinli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar