ro‘para
bilan ulashing
Bir narsaga yoki kuzatuvchiga, soʻzlovchiga qarama-qarshi tomon; qarshi.
-
Roʻparadagi uy.
-
Deraza roʻparasidagi tuynukdan Ruzvonning boshi koʻrindi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Teatr-rassomchilik institutining shundoqqina roʻparasida, koʻchaning berigi betida, uch tup yosh chinor bor. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
ro‘para soʻzi qatnashgan jumlalar:
Roʻpara boʻlmoq (yoki kelmoq)
-
Biroq uning tili qisiq; onasiga soʻz qaytarish emas, roʻpara boʻlishga ham yuragi bezillar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Shu-shu Adolat Begimxon bilan gaplashmay qoʻydi. Mana endi ular yana roʻpara keldilar. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Titrab, ot choptirib kelayotgan Badia dushman otliqlaridan biriga roʻpara boʻlib, jon-jahdi bilan qilich soldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Poyezd toʻxtaganda, yugurgilab bitta provodnikka roʻpara boʻldim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Roʻpara qilmoq
-
Sen menga Suluvni roʻpara qilaver-chi [dedi Allon Palmonga]. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Endi boʻlsa ikki bolali odamni roʻpara qilib oʻtiribdi, — deb oʻyladi Aziza hamon shiftdan koʻz uz-may yotarkan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Seni ilk dafʼa Feruzga roʻpara qilganimda, imonimdan chekindimmi? Ha, bir baxya chekindim. S. Siyoyev, Avaz
-
Japaqdan qutuldik, Elgeldi endi unga qizini emas, ajalini roʻpara qiladi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi;
-
Eshonning jilov toʻgʻrisidagi fikri Elmurodning gʻazabini keltirdi. Endi u dangal faktlarni roʻpara qilishga qaror berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
RO‘PARA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЎПАРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan RO‘PARA so‘ziga berilgan ma’nolar
ro‘para so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ro‘para so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing