ro‘kach
bilan ulashing
Koʻz-koʻz qilib, yomonini yashirish uchun ajratib, oldinga qoʻyilgan sara narsa; molning, narsaning sarasi.
-
Qulupnayning roʻkachi.
-
[Chetan kolxozi] Rayon boʻyicha emas, Oʻzbekiston boʻyicha eng obroʻli namunaviy kolxozlar qatoriga koʻchadi. Rayonga kelgan mehmonlarga rayonning roʻkachi boʻlib qoladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
ro‘kach soʻzi qatnashgan jumlalar:
Roʻkach qilmoq
-
[Botir:] Hadeb qoʻchqorligingizni roʻkach qilaverasizmi, Valixoʻja aka! Kamtarlik ham kerak kishiga! N. Safarov, Hayot maktabi
-
— Bir narsa desa, uch oydan beri toʻlanmagan uy pulini roʻkach qilib, bet-koʻzingizni yulasiz, — dedi Habiba eriga. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
-
1994 yil mavsumida boshqa sabablarni roʻkach qilishga va oʻzini oqlashga oʻrin yoʻq, deb oʻylayman. Gazetadan
RO‘KACH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЎКАЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ro‘kach so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar