ro‘dapo
bilan ulashing
1. Soʻrgʻichli sakkizta katta paypaslagichi boʻlgan dengiz hayvoni, sakkizoyoq.
-
Koʻchada oyoqlari, matallarda aytiladigan roʻdaponing oyoqlariday, bir-biriga oʻralib borayotgan qoʻrqinchli bir ajoyib narsani koʻrdim. S. Ayniy, Qullar
2. koʻchma Har qanday bahaybat, vahimali narsa.
-
— Bir oyogʻim toʻrda-yu bir oyogʻim goʻrda, ajal degan roʻdapo eshikning tirqishidan moʻralab turibdi-yu, qolgan besh kunimga shukur qilmay, yana orzu-havas qilaymi, aylanay ovsin? — dedi Shukur kampir. A. Muxtor, Opa-singillar
-
U tankning motor qismiga yondiruvchi butilka tashladi shekilli, lovullagan temir roʻdaponing qornidan ofitser oʻzini uloqtirdi-da, toʻpponchasini tepadagi allakimga berdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Roʻdapo bulutlar, siyqa tangadek xira yal-tirab turgan quyoshni yutib yuborishga oshi-qadi. X. Sultonov, Onamning yurti
3. koʻchma Bichimi kelishmagan, beoʻxshov, besoʻnaqay kiyim yoki yopinchiq.
-
— Bahringiz ochilibdi, oyi. — Ochilganda qanday! Shu roʻdaponi yopinib, umrimni xazon qilgan ekanman. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Ichkari uylarning biridan, lippasiga qistirilgan roʻdapo qoʻngʻir koʻylagining etagini shosha-pisha tuzatgan koʻyi, semiz, badqovoq xotin chiqib keladi. X. Sultonov, Bir oqshom er-tagi
4. Qoʻpol, qovushmagan odam.
-
Habiba xonim Valixonning koʻz ochib koʻrgani, Tehron va Kobulga nomi ketgan savdogarning qizi. Mayna-chi? Qishloqi, sahroyi, roʻdapo bir qiz. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Boʻtamlab turib, jonimni oladi shekilli bu roʻdapo, deya xayollandi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
RO‘DAPO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЎДАПО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ro‘dapo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar