ro‘yirost
bilan ulashing
1. Biror andishaga bormasdan, yuz-xotir qilmasdan; toʻppa-toʻgʻri, dangal, ochiq.
-
Roʻyirost gapirmoq.
-
Kecha siz., rosa soat II da qayerda edingiz? Koʻchadamidingiz yo ishxonadami? Shu savolga kollektiv oldida roʻyirost javob bering. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
-
Bular [piyoda askarlar] hammasi ham miltiq va avtomatlarni tay-yor tutgan holda, roʻyirost bostirib kelmoqda A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Tikka; bor boʻyicha.
-
Yigitlardan biri koʻzlarini chaqchaytirib, ogʻzini katta ochib, yoʻgʻon tovush bilan atrofga bong urdi: — Yuraver! Yigitlar, yuraver! Maydonga roʻyirost chiqib, haqqimizni dov qilamiz. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Chinakamiga, astoydil.
-
Uning [Sidiqjonning] kulishi Oʻrmonjonning roʻyirost gʻashini keltirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
RO‘YIROST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЎЙИРОСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan RO‘YIROST so‘ziga berilgan ma’nolar
ro‘yirost so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ro‘yirost so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar