ko‘ks
bilan ulashing
1. aynan Koʻkrak.
-
Qoʻlini koʻksiga qoʻyib taʼzim qilmoq.
-
Xonaning toʻridagi poʻstak ustida oppoq soqoli koʻksiga tushgan katta sallali, ola choponli domla oʻtirardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Jingalak sochlari koʻzlarini toʻsib turgan Raisa ikki qoʻli bilan onasining koʻksini ushlab, yigʻlab turardi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. koʻchma Yurak, qalb.
-
[Yoʻlchi] Gulbogʻchadagi u pari koʻzdan gʻoyib boʻlguncha, otni sekin yurgizib, koʻksidagi cheksiz shodlik bilan qanoatlangan, shirin oʻylarga botgan holda ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3. koʻchma Biror narsaning oʻrtasi, ichi, bagʻri.
-
Yoshlar choʻl koʻksini yorib, tobora ilgarilab borardi. Sh. Gʻulomov, Shonli avlod
-
Gʻulomjon qizlarni koʻm-koʻk koʻksiga olgan gʻoʻzaga bir necha zum suqlanib qarab turardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
KO‘KS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎКС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan KO‘KS so‘ziga berilgan ma’nolar
ko‘ks so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ko‘ks so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar