bo‘xcha
bilan ulashing
Kiyim-kechak, latta-putta va shu kabilar oʻrab tugilgan qiyiqcha, roʻmol; tugun, tuguncha.
-
Bir boʻxcha sarpo.
-
Navoiy boʻxchani yechib, loqayd va kamtarona tabassum bilan amirlik kiyimini kiydi. Oybek, Navoiy
-
U oldimga ikki boʻxcha kelin sarposini tashla-di. Mushtum
-
Abduvahhob Shoshiy murdadek choʻzilib yotgan chol yonidagi oʻz boʻxchasini titkilab, undan bir kitob oldi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
bo‘xcha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻxchasi tushmagan yoki boʻxchasini tashlamagan
-
Siz hali boʻxchasini tashlamagan chumchuq bolasiz. A. Qahhor, Sarob
Boʻxcha qorin
-
Mulla Mamasolih boʻxcha qornini silab kinoyaomuz dedi: — E domla.ʼ Eshonning qorni beshdir, biri hamisha boʻshdir. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
BO‘XCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎХЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘xcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar