chek
bilan ulashing
1. Davomli narsa yoki hodisalarning eng soʻnggi chegarasi, oxiri, nihoyasi, poyoni.
-
Yoʻlning cheki. Cheki yoʻq dasht. Chek nuqta. Chek yoʻl.
-
Oʻz yerining cheklariga bosib tikan. Gʻ, Gʻulom
2. koʻchma Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegara; meʼyor.
-
Har narsaning cheki bor. Chekdan chiqmoq. Donolikning cheki yoʻq. Maqol
-
Qurollanishga tezroq chek qoʻyish lozim. Gazetadan
-
U dahshatli xayollarga chek qoʻyib, darhol institutga otlana boshladi. Gazetadan
1. Hissa, ulush.
-
Oʻz chekini olmoq.
2. Zimma; majburiyat.
-
Sizdan yashiradigan sir yoʻq, toʻyning noni mening chekimga tushgan edi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Shu yillarda onaning holidan xabar olish Tojixon opalarning chekiga tushgan. A. Nurmurodov,Urush bevalari
3. Taqsir, qismat, peshona.
-
Chekingga tushsa, chekchayma. Maqol
chek soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chek tashlamoq
1. ml. Maʼlum yuridik shaxsning joriy hisob raqamidan muayyan miqsordagi pulni berish yoki oʻtkazish haqidagi yozma farmoyishdan iborat maxsus hujjat.
-
Chek bilan pul olmoq.
2. Kassa tomonidan beriladigan, tovar uchun toʻlangan summa koʻrsatilgan talon, shuningdek, toʻlanishi lozim boʻlgan summa koʻrsatilgan va kassaga taqdim etiladigan kvitansiya.
-
Sotuvchining qoʻli-qoʻliga tegmas, chek olib, odamlarga sut, kefir berardi. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar
1. q.x. Sholi ekish uchun tekislanib, marzalar bilan ajratilgan yer, dala uchastkasi.
-
Shahardan chiqib, katta-kichik qishloqlarni, mayda-yirik cheklarni kesib oʻtgan chang-tuproq yoʻlda Hoji xola yoshgina juvon bilan boradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha"
2. Shaxsiy uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydoni va shu yerga qurilgan uy-joyning oʻzi.
CHEK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chek so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar