chekin
bilan ulashing
1. Orqaga tisarilmoq, tislanmoq.
-
Direktor rangi oʻchib, sal orqaga chekindi. Sharq yulduzi
-
Oʻsar buxgalter, tumshugʻini ari uyasiga tiqib olgan ayiqday, ortiga chekindi. A. Koʻchimov, Xalqa
-
Xotin noz bilan chekindi. S. Ahmad, Hukm
2. harb. Dushman hujumi natijasida ilgarigi pozitsiyalarni tashlab, orqaga ketishga majbur boʻlmoq, orqaga jilmoq.
-
Dushman tepadan jang bilan chekinarkan, muallim yana hammadan oldinda oʻtga kirib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Asirni darhol soʻroqqa tutdik. U chekinish vaqtida qurshovda qolgan artilleriyachilardan ekan. N. Safarov, Olovli izlar
3. koʻchma Qaytmoq, voz kechmoq.
-
Oyqiz ham oʻz fikridan aslo chekinmay, qatʼiy turaverdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. koʻchma Oʻtmoq, tugamoq.
-
Qishning soʻnggi kunlari asta-sekin chekinmoqda edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
5. koʻchma Yoʻqolmoq, yoʻq boʻlmoq.
-
Orqaga chekinar nim qorongʻilik. X. Davron
-
Oyning xira yogʻdusi chekindi. Yoshlik
6. koʻchma Chetga chiqmoq.
-
Qoidadan chekinmoq.
CHEKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chekin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar