chehra
bilan ulashing
1. Yuz, bet, aft-angor; siymo.
-
Ular xuddi egizaklardek, chehralari bir-biriga gʻoyat oʻxshar, gavdalari qariyb farqsiz, koʻrinishda yuvosh odamlar edi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Shunda uning xayol bogʻida yana Adolatning chehrasi koʻrindi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. koʻchma Kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksi.
-
Uning chehrasi buzuq. Chehrasi ochiq odam. Chehrasini ochmoq.
-
Chehra degan koʻngilning oynasidir. Hamza.
-
Qori uni goh “sizlab“, goh senlab, yaxshi muomalada boʻlgani uchun, ochiq chehra bilan gaplasha ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Chol soqolini qirib, yangi kombinezon kiyib olgan. Uning chehrasi ochiq, nimadandir xursand. I. Rahim, Chin muhabbat
CHEHRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕҲРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chehra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar