ovoza
bilan ulashing
1. Yurt-el orasida biror narsa, voqea va shu kabilar toʻgʻrisida tarqalgan xabar, gap-soʻz, mish-mish.
-
Biroq tez kunlarda Foziljon uylanmoqchi emish, ammasi qiz qidirib yuribdi, degan ovozalarni eshitishdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
2. Shuhrat, dovruq, dong.
-
Goʻzal Armaniston, meni afv et, Daʼvom yoʻq shuhrating ovozasiga. S. Abdulla
3. musiqa Oʻn ikki maqom tizimidagi pardalar tuzilmasi.
ovoza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ovoza boʻlmoq yoki ovozasi ketmoq
-
Boy hammaga soz-u tomosha, atrofga ovoza boʻlsin, deb kelin oʻtovi uchun baland supa qurib ustiga oq oʻtov tiktirdi. Yoshlik
Ovoza qilmoq
-
U kanalga kelib, yurt ogʻziga tushib qolganidanmi yo atoqli shoir u toʻgʻrida kattakon ocherk yozib, respublikaga ovoza qilganidanmi, har qalay, endi ancha bosiq boʻlib qolgandi. S. Ahmad, Ufq.
OVOZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОВОЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ovoza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar