ovqat
bilan ulashing
1. Rizqlanish, yeyish-ichish uchun tayyor narsa; yemish, taom, yemak.
-
Tamli ovqat. Issiq ovqat. Yengil ovqat. Parhez ovqat. Xushxoʻr ovqat. Kechki ovqat. Tushki ovqat. Bolaga ovqat yedirmoq.
-
Mulla Norqoʻzi ovqatini yeb, choyga umidvor boʻlib oʻtirganida, koʻcha eshigidan yoshgina bir xotin kirib keldi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Ahmad brigadir ovqatga non toʻgʻrab, ishtaha bilan ovqatlandi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Ovqatlanish.
-
Sidiqjon ovqatdan keyin qoʻliga gazeta olgan edi, bir maqolani yarimlatmasdan koʻzi suzildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Uy hayvonlarining yem-xashagi; oziq; ozuqa.
-
Mollarga ovqat solmoq.
4. Yeyish, ichish, tirikchilik uchun darkor narsalar; oziq.
-
Fuod afandi bizga mehribonchilik qilib, ovqatimizga qarashib turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
ovqat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ovqat qilmoq
-
Tezroq uyga borib, cholning ogʻziga yoqadigan ovqat qilib berishga shoshilardi. S.Ahmad, Yulduz
-
Biz ularni yonimizga, birga ovqat qilishga chaqirdik. A. Rahmat, Soqov bola
Ovqat ustida
-
Ovqat ustida hech kim ortiqcha soʻzlamadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Vaqt(lar), davrlar, mavsumlar; tirikchilik, kun oʻtkazish.
ovqat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ovqat(ini) oʻtkazmoq
-
Katta oʻgʻli har kimlarga suv tashib berib, ovqatini oʻtkazib yurardi. Oydin, Hazil emish
OVQAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОВҚАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OVQAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OVQAT so‘ziga berilgan ma’nolar
ovqat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
ovqat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing