ovora
bilan ulashing
1. Biror joyda qoʻnim topmagan; darbadar, sargardon.
-
Kamsitilgan, xoʻr tutilgan bechoralar. Qadr-u qiymat, shon-sharafsiz ovoralar. F. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Kim biladi, sen singari, oʻgʻlim ham bu kun Qaylardadir kezib yurar ovora, sarson. A. Oripov, Yillar armoni
2. Biror ish, harakat bilan band, mashgʻul.
-
Kurayev bilan Nusratilla yuk orttirib joʻnatish bilan ovora. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Baʼzilar koʻchat oʻtqazishga yordamlashar, baʼzilar oz-ozdan boʻlsa ham tuproq tashish bilan ovora. S. Zunnunova, Olov
ovora soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ikki jahon ovorasi
-
Abdurahmonboy: — Oʻlik boʻlib goʻrda, tirik boʻlib sonda yoʻq, deb shuni aytar ekan, Mirzaqul ikki jahon ovorasi boʻlib qoldi. N. Safarov, Uygʻonish
-
Xolajon, siz ovora boʻlmay, bir oz oʻtiring, men siz bilan gapirishgani keldim. S. Zunnunova, Olov
Ovora qilmoq
-
Esonboyni umidvor qilib, uni ovora qilishning nima keragi bor edi? Yoshlik
1. s. t. q. Ikkovara.
-
Toshkentlik Mirsoat zargarning toʻyiga kelgan kishilarga ikki ovoradan osh tortilib, non ulashtirilibdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Kishilarni teng guruhlarga boʻlish, -tadan (ikkitadan, uchtadan).
-
Shirkat vakili yollanma ishchilarni ikki ovoradan qilib ajratdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
ovora soʻzi qatnashgan jumlalar:
OVORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОВОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ovora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar