ideal
bilan ulashing
1. ot Jamiyatning, shaxsning eng oliy maqsadi, eng yuksak orzu va tilak.
-
Ideal — jamiyatning yuksak va olijanob maqsadi, kelajakda koʻzlangan gʻoyasi. Gazetadan
-
Ijtimoiy ideal misoli mayoq boʻlib, jamiyat qayoqqa va qanday maqsadda qadam otishida gʻoyaviy-mafkuraviy va maʼnaviy-ruhiy yoʻl koʻrsatib turishi mumkin. Gazetadan
2. ot Har jihatdan barkamol, mukammal, xayolan orzu qilinadigan, lekin hali hayotda mavjud boʻlmagan narsa, hodisa.
-
Uning ideali — yoqtirgan qizini oʻz taʼsiriga olib, oʻz qadrini yerga urmay sevilmoq edi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. sifatdosh Olijanob, namuna boʻladigan, orzu-maqsadga mos, muvofiq keluvchi.
-
Ideal obraz. Ideal sharoit.
-
Maʼnaviyat qahramoni boʻlgani tufayli u xalqning ideal qahramoniga aylandi. Gazetadan
IDEAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИДЕАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ideal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar