idda
bilan ulashing
din. Erdan ajragan yoki eri oʻlgan xotinga homiladorligi aniqlanguncha shariat boʻyicha erga tegish man qilingan toʻrt oy-u oʻn kungacha boʻlgan muddat.
-
Mening bu xatimni, albatta, shariat peshvolari sharʼiy hisoblab, iddangiz bitishi bilan, sizga boshqa er qilishga ixtiyor bersalar kerak. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Erga tegish niyati boʻlsa, mazkur idda muddati (toʻrt oy-u oʻn kun) oʻtgandan keyin ziynatlanishi mumkin. Gazetadan
idda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Idda tutmoq (yoki saqlamoq)
-
Sanam hali yosh, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, bunday juvon uchun, kitoblarda ham aytilgan, olti oydan ortiq idda tutish ortiqcha ekan. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
IDDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИДДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
idda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar