ovoz
bilan ulashing
1. Gapirish, qichqirish, kuylash, sayrash paytida oʻpkadan chiqayotgan havoning urilishi bilan tovush paychalarining tebranishidan hosil boʻladigan tovush; sado, sas.
-
Baland ovoz. Past ovoz. Mayin ovoz. Musichalarning kukulashgan ovozi eshitilar edi.
-
Anvar Muqaddamning ovozini eshitib, burilib qaradi-yu, uning vahimadan katta-katta ochilib turgan koʻzlarini qorongʻilikda aniq koʻrdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bu yerda ming turli qushlar ming turli ovoz bilan sayrab, anvoyi gylJShp ochilib, atrini sochib yotgan ekan. S. Zunnunova, Olov
2. Tovushning kuylashdagi past-balandlik, jarangdorlik darajasi.
-
Ovozi yaxshi ashulachi. Ovozi oʻtkir.
-
Sharofning qon bosimi kuchayib, yurak urishi avjiga yetgan payt direktor hamdardona ovozda dedi: — Tushunaman, hammamiz ham yoshlikda oʻt-olov boʻlganmiz, koʻzimizga fil ham chumolicha koʻringan. Yoshlik
3. Vokal musiqa asarida har bir kuychi uchun belgilangan partiya.
-
Ikki ovoz uchun yozilgan romans.
4. Narsalarning urilishi yoki harakatidan chiqadigan tovush.
-
Qarsak ovozi. Toʻqmoq ovozi. Shamol ovozi. Momaqaldiroq ovozi. Soat ovozi. Dutor ovozi.
-
Yigirma ol-tinchi koʻpi tongotarda gumburlab chalina-yotgan karnay ovozidan uygʻonib ketdim. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Uzoqdan har zamon toʻp ovozi eshitilar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
5. koʻchma Fikr, mulohaza.
-
Sharq yozuvchilarining ovozi.
-
— Sizga oʻxshash dallollarga hojat yoʻq. Siz xalq boʻronini toʻsmoqchimisiz? Ovozini boʻgʻmoqchimisiz? Oybek, Tanlangan asarlar
6. Ichki his-tuygʻular nidosi, amri.
-
Gʻulomjon yuragida portlagan gʻazab uvvosiga emas, insof ovoziga quloq soldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Lekin qamoq ham shoirning irodasini bukolmadi, ovozini soʻndirolmadi. Saodat
7. Davlat va jamoatchilik tashkilotlarida saylov oʻtkazish yoki biror masalani hal qilishda saylovchilar yoki majlis ishtirokchilaridan har birining alohida fikri, oʻz fikrini bayon etish huquqi va usuli.
-
Hal qiluvchi ovoz. Maslahat ovozi.
-
Rais har ikkala taklifni oʻrtaga tashlaganda, Xolmatjon sakkiz ovoz ortiq oldi. S. Ahmad, Ufq
ovoz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ovoz pardalari
-
Men seni kuylamoq istayman. Ammo shunday kuylasamki, yirtilib ketsa ovoz pardalarim. A. Oripov, Yillar armoni
Ovozing chiqmasin yoki ovozingni chiqarma
-
Jim boʻl, damingni chiqarma.
Ovozing oʻchgur!
Ovozi buzilmoq
Bir ovozdan
-
Qaror bir ovozdan qabul qilindi.
-
Oʻn bir olim bir ovozdan, ilmiy darajasiz ishlaydigan ahmoq yoʻq, deb turib olishdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati. Yopiq ( yoki
-
Deputatlar saylashda yashirin ovoz berishdi.
Ovoz bermoq
-
Eshikni taqillatdim, hech kim ovoz bermadi;
Ovozga qoʻymoq
-
Elmurod borganda, byuro tuplangan, kimningdir nomzodini ovozga qoʻymoqda edilar. Shuhrat, Shinelli yillar
OVOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОВОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OVOZ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OVOZ so‘ziga berilgan ma’nolar
ovoz so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
ovoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar