ovla
bilan ulashing
1. Ov bilan shugʻullanmoq, ov qilib tutmoq.
-
Bedana ovlamoq. Tulki ovlamoq.
-
— Koʻldan baliq ovlayapsanmi? — soʻradi u. J. Sharipov, Xorazm
2. koʻchma Qoʻlga olish, ilintirish maqsadida payiga tushmoq, tutmoq.
-
Boshqa yer egalari kechalari bolta koʻtarib, odam ovlab yurgan bir vaqtda bu odamning [qorining] shundoq deb chiqishi katta gap edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. koʻchma s.t. Tovlamoq, aldamoq.
-
Quv, epchil, dagʻdagʻali alloflar qoʻllari, ogʻizlari, koʻzlari bilan ishlab, tosh-tarozidan urib, beva-bechorani ovlaydilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shu yerning odami u. Har shahardan doʻndiqlarni ovlaydi — qoʻlga tushgansiz. Taqdirda yozilganni koʻraverasiz. Oybek, Tanlangan asarlar
ovla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngil (yoki dil) ovlamoq
-
Kulishga balo bormi. Tezroq koʻnglini ovla, oʻzingga oʻchakishtirib nima qilasan. M. Mansurov, Yombi
Murid ovlamoq
-
Toʻram bilan bir haz etib, murid ovlamoqchi edim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Til ovlamoq
-
Granata portladi. Til ovlash uchun bizning marramizga kelgan fashist qaroqchilardan toʻrttasi tilka-pora boʻldi. N. Safarov, Jangchi shoir
OVLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОВЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ovla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OVLA so‘ziga berilgan ma’nolar
ovla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar