ov
bilan ulashing
1. Yovvoyi hayvon, baliq, qush va shu kabilarni turli yoʻllar bilan tutish, ovlash yoki otish.
-
Baliq ovi. Bedana ovi. Mergan ovda bilinar, botir — yovda. Maqol
-
Rahimov kuyovni tez-tez Toshkentga chorlab turardi. Kuyov ov ishqibozi edi. Mirvali koʻp qiyinchiliklar bilan bu togʻlarga oʻrgatgan kiyiklarni u qiyratardi. S. Ahmad, Jimjitlik
2. Ov qilinadigan, ovlanadigan jonivor; ilvasin.
-
Ovga boy choʻl. Shu kunlarda Oloy togʻida ov kom.
3. koʻchma Qoʻlga tushirilishi moʻljallangan kimsa yoki narsa.
-
Yumaloq, qoragina odam qoʻlidagi toʻpponchani mahkam ushlagani holda gandiraklab, soʻkinib ovini qidira boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Ovchining oʻljasi.
-
Arslon ogʻzidan ov olinmas. Maqol
-
Suvonjon, tuzoqqa ilingan ovni chiqarib yuborishdan qoʻrqqan ovchidek, qizni mahkam quchoqlaganicha, yongʻoq tomonga keta boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
5. koʻchma Sodir boʻlishi kutilayotgan biror voqea-hodisa haqida.
-
Xalq qimirlab qoldi. Odamlar qulogʻi ovda. Turli-tuman mish-mish gaplar. Odamlar aniq bir tasavvurga ega boʻlmagani uchun har kim oʻz holicha fol ochardi. Yoshlik
ov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ov qilmoq
Ov qushi
Ovi yurishmoq yoki ovi baroridan kelmoq
-
— Ovi yurishib ketibdi! —
-
deb ammamga qaragan edim, ensasi qotib, ijirgʻanib oʻtirgan ammam kinoya bilan dedi: — Ovi yurishmasinmi, axir bir kunda ikki-uch joyni ovlasa! Gazetadan
Murid ovi
-
— Ha, eshon nega ketdi ekan? — Tirikchilik-da! Ha, murid oviga chiqib ketgan ekan-da, eski hunar! P. Tursun, Oʻqituvchi
OV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OV so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OV so‘ziga berilgan ma’nolar
ov so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
ov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar