ovloq
bilan ulashing
1. Ov qilinadigan qush va hayvonlar serob joy.
-
Tirikchiligini shikordan topadigan har bir ovchi shikor uchun ovloqqa yolgʻiz bir oʻq bilan chiqsin. Fan va turmush
2. Markazdan uzoq, chet joy; kimsasiz yer.
-
Ovloqda yashamoq.
-
Toshkentning shunday biqinida yetti uxlab tushga kirmaydigan ajoyib ovloq joylar borligi hammani hayratga solar edi. M. Mansurov, Yombi
-
Joʻralari bilan shu ovloq orolchada oʻtkazgan baxtiyor kunlari yodiga tushdi. A. Koʻchimov, Halqa
3. Pastqam, xilvat joy, odamdan xoli joy; pastqamlik, xilvat.
-
Sevargul to onasi ovloq koʻchaning muyulishida koʻzdan pana boʻlguncha qarab turdi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Kimyoxon ikki-uch kun Azizaxonning yoʻlini poyladi, nihoyat, ovloqroq bir joyda uchrashdi ham. N. Aminov, Qahqaha
-
Ularni odamlar nigohidan na quyuq bogʻlar, na tun zulmati, na biron ovloq goʻsha yashira oladi. O. Muxtor, Buxorolik bir yigit
4. rvsh. shv. Kishilardan xoli; tanho.
-
Oyjamol ovloq oʻtirgan paytda qiziga gap tashlab koʻrdi. Yodgor
ovloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ovloqda yurmoq
-
IAkram] Kasaba tashkilotidan ovloqroq yurishga harakat qilardi. S. Anorboyev, Oqsoy
OVLOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОВЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ovloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar