sovuqlik
bilan ulashing
1. Harorati, temperaturasi past ekanlik.
-
Havoning sovuqligi. Uyning sovuqligi.
2. aynan Sovuq 1.
-
Manglayida sovuqlik his etib, Kumush koʻzini ochdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Sovuq gap, muomala, qiliq; yoqimsizlik; qoʻpollik. Qiliqning sovuqligi.
-
Gapining qoʻrsligi, muomalasining sovuqligi uchun qishloqilar uni Soli sovuq deb atardilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hozir uning [Sidiqjonning] koʻziga juvon biron sovuqligi bilan erkakni oʻzidan qochiradigan qari qiz emas, koʻp yigitlarni oʻziga shaydo qilgan bir nozanin boʻlib koʻrindi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. aynan Sovuqchilik.
-
Oraga sovuqlik solmoq.
-
[Yorqinoy] Dadasining ters yurganidan qaynonasi oldida oʻzini gunohkor sezardi. Xayriyat, oradagi sovuqlik xiyla yumshabdi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
5. Xalq tabobatida: past kaloriyali ov-qatlar (yovgʻon xoʻrda, sut-qatiq, sabzavot va shu kabilar); zid. issiqlik 3.
-
— E, choyi kabud, mijozga sovuqlik qilur, — dedi u. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
SOVUQLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОВУҚЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sovuqlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar