oldir
bilan ulashing
Olmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Soch oldirmoq. Tish oldirmoq.
-
Mohira oyim har bir hayitda biror oylar ilgari eriga aytib, bolalariga kiyimlik oldirar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
oldir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oling, oldirmang
-
Xudo hammangizga quvvat bersin! Olinglar, oldirmanglar!Omin/ M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ogʻizdagini (yoki ogʻizdagi oshni)
-
Aqlsiz ogʻzidagini oldirar. Maqol
-
Yormat uni [Yoʻlchini] odamlar oldida boʻsh-bayovlikda aybladi: — Bu nima, ogʻizdagi oshni oldirish? — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yurak oldirmoq
-
Madamin yuragini oldirib, oʻz koʻlankasidan qoʻrqadigan boʻlib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Oʻzini oldirmoq
-
— Siqilmang, aslo siqilmang, xonim Aks holda, oʻzingizni oldirib qoʻyasiz, — dedi Hamdamiy Munavvarga. S. Anorboyev, Mehr
-
Palonchining xotini haliyam oʻzini oldirmabdi, desa yomonmi? S. Ahmad, Yulduz
Oʻt oldirmoq
-
Yuk mashinasida olib kelingan samovarlar tushirildi, qutida olib kelingan oʻtin-koʻmirlar birpasda qalanib oʻt oldirildi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Traktorni oʻt oldirmoq.
-
Motorni oʻt oldirdi. S. Ahmad, Ufq
OLDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oldir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar