kalta
bilan ulashing
1. Uzunlik oʻlchami kichik; qisqa.
-
Kama shim. Kalta qalam. Kalta ip bogʻlovga yetmas. Maqol
-
Simni kalta kesmoq.
-
Maston kalta, ammo yoʻgʻon ikki oʻrim sochini boshiga oʻradi-da oyogʻidagi agʻdarma etikni koʻzdan kechirdi. A. Qahhor, Maston
2. Uzunligi nisbatan kam, yetarli emas; qisqa.
-
Uning ipak sallasi nozik qilib oʻralgan, kalta yengli ipak abosi oʻziga juda yopishib turadi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Arslon ham egasining buyrugʻini kutayotganday, kalta dumini qimirlatib S. Anorboyev, Oqsoy
3. Vaqt nuqtai nazaridan qisqa, tez tugaydigan, uzoq davom etmaydigan.
-
Kalta kun.
-
Soat ketidan soat oʻta berdi. Kalta kuz kuni ogʻdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bu gaplashuv ham kaltagina savol-javobdan iborat boʻldi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Ingichka va yoʻgʻon, kalta va choʻziq tovushlar kekirdaklari uzilib ketmaydimi bu xoʻrozlarning? I. Rahim, Ixlos
kalta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapni kalta qilmoq
-
Ammo inson qalbini shilliq qurtdek kemirib tashlaydigan gumon va shubha ich-ichini kemirayotganidan ijirgʻandi, sezdirib qoʻymaslik uchun gapini kalta qildi. S. Karomatov, Oltin qum
Kalta oʻylamoq
-
Ayb oʻzimda. Kalta oʻylabman. Toʻy boʻlmaydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
Qoʻli kalta
-
Oʻylab qarasam, doʻppi tor ekan... kattaroq ish qilishga qoʻlimiz kalta ekan. I. Rahim, Ixlos
KALTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kalta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar