kaltak
bilan ulashing
1. Daraxt, buta kabilarning barg-butoqsiz uzun shoxi (singan yoki maxsus qirqib olingan, hoʻl yoki quruq).
-
Tekinga oʻrgangan tekinxoʻr qoʻliga kaltak ilinsa ham, kerak boʻlib qolar, deb olib ketaverar ekan. Mushtum
-
Oyimcha bibi ularni [tovuqlarni] koʻrdi-yu qoʻliga tushib qolgan bir kaltakni havola qilib, tirqiratib haydab, qargʻay-qargʻay uyiga kirib ketdi. K. Yashin, Hamza
2. Urish, savash, haydash uchun ishlatiladigan maxsus yogʻoch; tayoq, govron.
-
[Jallod] Bandining tizzasidan quyisiga, oyoqlari suyagining qirrasiga kaltak bilan qattiq bir urdi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
[Sherbek] Kuliga kaltak olib, mol boqqani qirga chiqqanida quvonchini ichiga sigʻdira olmay dumbaloq oshgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. folk. Toʻqmoq, choʻqmor; gurzi.
-
Toʻqson botmon choʻyan kaltak qoʻlimda. Shirin bilan Shakar
-
[Koʻkaldoshning] Taqimida besh yuz botmon kaltagi. Alpomish
4. Tayoq, musht va shu kabilar zarbi; urish.
-
[Laʼli] bekning kaltaklari ham yodidan koʻtarilib, alanga chayqalayotgan yerga yugurdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Suvonjonning kaltakka toqat qilishi Oysuluvga badtar alam qildi. S. Anorboyev, Oqsoy
5. koʻchma Qattiq teguvchi, zarba boʻluvchi narsa; dakki.
-
Avaz uyiga kirgach, oʻzicha kulib: Mening sheʼrim ular uchun kaltak boʻladi, — deb qoʻydi. J. Sharipov, Xorazm
-
Cholning har bir maqtov soʻzi polvonga kaltak boʻlib tushmoqda edi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
kaltak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshida kaltak sinmoq
-
Hamma ayb Salohiddinda. Kaltak shu odamning boshida sinishi kerak. A. Qahhor, Sarob
-
Shuncha kalit choʻntagimda boʻlgani bilan bitta-yarimta narsani nari-beri qilib koʻray-chi, boshimda kaltak sinsin S. Mahkamov, Shogird
Kaltak yemoq
-
Echkining kaltak yegisi kelsa, choʻponning tayogʻiga surkanadi. Maqol
Kaltak ostida qolmoq
-
Birdan oʻnlarcha musht havoga koʻtarildi. Ellikboshi va uning sheriklari kaltak ostida qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Oq kaltak, qora kaltak
Qora kaltak bilan
-
[Abdurahmonboy:] Mirzaqul, Nikolay polvon zoʻr. Xom xayollarga borib yurmang, qora kaltak bilan podshohlikni yiqitib boʻlarmishmi! N. Safarov, Uygʻonish
KALTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kaltak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing