taʼlim
bilan ulashing
1. Bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
-
Taʼlim va tarbiya ajralmas egizaklar boʻlib, maʼlumot ularning totli mevasidir. R. Usmonov, Odobnoma
-
Bizga taʼlim berar har kun oʻqituvchimiz, Turli fanni oʻqib oʻsar ong va kuchimiz. I. Muslim
2. Ilm-fan yoki kasb-hunar sohalari boʻyicha egallanadigan, olinadigan maʼlumot va koʻnikmalar majmui; bilim.
-
Boshlangʻich taʼlim. Oliy taʼlim. Madrasa taʼlimi.
-
Ilk bor alifbodan olganda taʼlim E. Vohidov, Muhabbatnoma
3. Tarbiya, odob-axloq.
-
Taʼlimi yoʻq bola.
-
Arabboy qancha oʻqisa ham, uning qiliq va gapirishi, yurish-turishi maktabda taʼlim koʻrgan kishini emas, balki chapani aravakashni eslatib turar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. so‘zlashuv tili Koʻrsatma, yoʻl-yoʻriq, oʻrgatuv.
-
Arzi xola Qutbi otinning haligiday taʼlimidan gangib qoldi. R. Azizxoʻjayev, Toʻlgʻoq yemagan juvon
-
[Sidiqjon] Hech kimga qaramay, ket-monni qay xilda chopish toʻgʻrisida Mallavoy aka bergan taʼlimga ham rioya qilmay, kuyib-pishib ishladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
TAʼLIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼlim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar