mo‘ljal
bilan ulashing
1. Oldindan koʻzlab, oʻylab qoʻyilgan ish, narsa; reja.
-
Bu yilgi moʻljal — gektaridan 45 sentnerdan.
-
Ravshanning moʻljali — bir kecha tunash, tong otmay Zubayda bilan xayrlashadi. Yoshlik
-
Hozir ham havoning avzoyi buzildi-yu, moʻljaldagi ishini tugatolmay, diqqati oshdi. S. Karomatov, Oltin qum.
2. Chama, taxmin.
-
Latofatning moʻljalida Shahob bugun komandirovkadan qaytgan boʻlishi kerak edi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar.
-
Moʻljalimda Xalachga kechga yaqin kirib borsak ehtimol. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Nishonga olingan yoki olinadigan narsa; nishon, qora.
-
Moʻljalga urmoq.
-
Pulemyot ogʻzidan tinimsiz uchib borayotgan oʻqlar toʻppa-toʻgʻri moʻljalga borib tegar qalin shoxlarni sindirib oʻtardi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
mo‘ljal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Moʻljal qilmoq ayn. moʻljallamoq
-
Tosh-poʻlatov bu masalani ertadan qoldirmay uzil-kesil hal qilish va shu hafta ichida oʻqishni boshlab yuborishni moʻljal qilib qoʻydi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Moʻljalga olmoq
-
Moʻljalga olib, tayyorlab qoʻyilgan yer bor edi, qoʻldan ketdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Meni arosatda qoldirish payidamikan yo? Ijrokom raisligini moʻljalga ola-yotgan boʻlsa-chi? J. Abdullaxonov, Xonadon;
-
Qultoyning chap qoʻli bilan moʻljalga olib, boshi aralash bir zarb urishidan ham oʻzini yoʻqotmadi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
To u qoʻltiq-tayoqqa suyanib, moʻljalga olguncha, oʻrdak uchib ketar, quyon iniga yetib boʻlardi. S. Ahmad, Ufq
MO‘LJAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЎЛЖАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mo‘ljal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar