qarama-qarshi
bilan ulashing
1. Bir-biriga toʻgʻri kelmaydigan, xilof, biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga zid, xilof.
-
Qarama-qarshi fikrlar. Qarama-qarshi talablar.
-
Gʻulomjon shu xil qarama-qarshi oʻylar bilan etini yeb, uzoq oʻtirdi. Ketay desa, ilinj qoʻymaydi, ketmay desa — oʻkinch. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ammo har gal ekspeditsiyalar bir-biriga qarama-qarshi, chalkash axborotlar qoldirishgan. S. Karomatov, Oltin qum
2. Maqsad, mavqe va shu kabilar jihatdan oʻzaro teskari, qarshi holatda boʻlgan; muxolif.
-
Qarama-qarshi kuchlar.
3. Biri ikkinchisining roʻparasida boʻlgan, bir-biriga qarab turgan, roʻbaroʻ.
-
Qarama-qarshi binolar. Qarama-qarshi joylashtirmoq
4. Biri ikkinchisiga qarshi yoʻnalgan, qarshi yoʻnalishdagi.
-
Qarama-qarshi shamol.
-
Odamlar hamon keti uzilmay, bir qismi xiyobon tomon, boshqa qismi qarama-qarshi tomonga oshiqardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Yoʻlning chetidan katta soy oqib yotardi. U yoʻlga qarama-qarshi oqardi. K. Yashin, Hamza
QARAMA-QARSHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРАМА-ҚАРШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarama-qarshi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar