qaqsha
bilan ulashing
1. Ogʻriqli zirqiroq tutmoq, sirqiramoq.
-
Aʼzoyi badanim qaqshayapti.
-
Loʻq-loʻq qaqshayotgan chakkalaridagi ogʻriq bosildi S. Nurov, Narvon
-
Oyoqlari zir qaqshar, bir qadam bosishga ham madori kelmas edi. M. Mansurov, Yombi
2. koʻchma Azob-uqubatli, mashaqqatli holatda boʻlmoq, shunday holatni kechirmoq.
-
U bechora, yoshligi ming xil azoblar bilan qaqshagan, xoʻrlangan, bechora xalqning bu qadar ishonch va ehtiromini hech vaqt xayoliga keltirganmikin? A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Ezilgan, qaqshagan, och-u yalangʻoch, Xamita bir gʻaribparvarga muhtoj. Habibiy
3. Zir-zir titramoq, qaltiroq tutmoq; qaltiramoq.
-
labi labiga tegmay titrar, aʼzoyi badani bezgak tutganday qaqshardi. J. Abdullaxonov, Xonadon
4. Qurib, qaqrab qolmoq, qurib qoq boʻlmoq.
-
Bochka qurib, qaqshab ketibdi.
-
Qorakoʻl daryosi qurib, qaqshab yotibdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
5. koʻchma Achinib, yolvorib yoki xafa boʻlib, koʻp gapirmoq.
-
Qaqshab gapirmoq. Koʻp qaqshadim, soʻzimga kirmadi.
-
Xadicha buvi ichkariga kirdi-yu oʻsha yerda qaqshab, qargʻab oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. Achinarli, zor holatga tushmoq.
-
Qon qora qaqshamoq.
-
Karima opa qaqshab yigʻlayotgan oʻgʻlini yotogʻiga olib kirib yotqizdi. M. Ismoiliy, Bizning roman
-
Juda xunuk ish boʻldi-da.
-
[Qizning] Onasi zor qaqshab, qidirib yurgandir. S. Ahmad, Lochin
-
Bechora uvol ketibdi. Ota-onasi qaqshab qolibdi-da, attang, attang! Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
QAQSHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАҚША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaqsha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar