qaram
bilan ulashing
1. Ixtiyori, erki-huquqi oʻzida boʻlmagan, boshqaga tobe mavqeli.
-
Qaram mamlakat.
-
Fabrika-zavodlar, korxonalar, yer-suvlar yana oʻsha xoʻjayinlar qoʻlida. Ishchilar, chorakor, qarollar yana ularga karam. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Siz, yaxshilarim, bu qisqa oʻylashingiz bilan oʻz oyogʻingizga oʻzingiz bolta urib, yana qipchoqlarga karam boʻlasiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yuqori tashkilot tomonidan boshqariladigan, unga itoat qiladigan; qarashli.
-
Shahar va rayon hokimliklariga tushgan anchagina shikoyat, arizalar tekshirish uchun karam tashkilotlarga yuborilgan. Gazetadan
3. Kimsaning taʼminotida, qaramogʻida boʻlgan.
-
Kasal oʻgʻil, xotin, boz xudo bergan nabira. Hammasi shu cholga karam. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Poshshaxonning eri endi ishga yaroqsiz, xotiniga karam D. Nuriy, Osmon ustuni
QARAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
QARAM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingQARAM so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan QARAM so‘ziga berilgan ma’nolar
qaram so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
qaram so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing