bebosh
bilan ulashing
1. Boshi (kallasi) yoʻq; boshi kesilgan, boshsiz.
-
Bir sevgini aylarkanman fosh, Istamasman, sevgingiz aslo Haykal kabi boʻlishin bebosh. Sayyor
2. koʻchma Aqlsiz, nodon.
-
Men bebosh qulingizni maʼzur tuting. Sharq yulduzi
-
Dadajon, bebosh oʻgʻlingizni kechiring, nachora, dunyoga sizlarni gʻam-gʻussaga botirgani kelgan ekanman. K. Yashin, Hamza
3. koʻchma Toʻgʻri maslahatga yurmaydigan; hech kimga quloq solmaydigan; gapga kirmaydigan; quloqsiz; tarbiyasiz.
-
Necha kundan beri akangni kirib koʻr, deyman, bu bebosh uyalaman, deb hech kirmaydi. A. Qahhor, Sarob
-
Azizxon bebosh, yerga ursa koʻkka sapchiydigan, qilish-qilmishidan elga nafi tegmaydigan beboshvoq yigit. U. Normatov, Talant tarbiyasi
-
yoshligim ham bebosh oʻtgan. Axir, bebosh yigitga kim ham koʻngil qoʻyardi, — dedi Usmon. A. Eshonov, Bir ogʻiz soʻz
4. koʻchma Tarbiya-intizomga boʻysunmay quygan; itoatsiz, oʻzboshimcha.
-
Podshohlarini bekor qilgan Rossiya xalqi juda bebosh boʻlib ketgan, hozir hukumat boshida oʻtirganlarga hech kim itoat qilmaydi. S. Ayniy, Qullar
-
Gʻuzor fuqarolariga maʼlum boʻlsinkim, togʻ-u toshlarda qochib yurgan beboshlar kelib, Bek janoblarining oyoqlariga yiqilsalar, afv eturlar. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Hozircha isyon tugʻini koʻtarib kelgan bu beboshlarning gapiga koʻnishdan boshqa iloj yoʻq. M. Osim, Ibn Sino qissasi
5. koʻchma Yomon yoʻlga kirgan, axloqi buzilgan.
-
Otasi, qandayin nozanin juvon toʻgʻri kelsa ham, koʻz qirini tashlamasdi. Bu bebosh boʻlib ketdi, tiyadigan kishisi boʻlmadi. Oydin, Hikoyalar
-
Shunday bebosh boʻlib ketdi qizginang, Ota-ena farzandini tiymaymi? Gulnorpari
6. koʻchma Tiyib, toʻxtatib, qaytarib boʻlmaydigan; jilovsiz.
-
Bebosh shamol. Bebosh daryo. Bebosh toʻlqinlar.
-
Amudaryo dali — telba daryo, bebosh daryo deyishadi. Rahim Bekniyoz
-
Bebosh izgʻirin bu keng dashtda yelib-yuguradi. H. Shams, Dushman
-
—Seskanib uygʻonib ketdim. Oʻrnimdan turib oʻtirdim, bebosh xayol meni olib qochdi, — dedi Nafisa. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
BEBOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕБОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bebosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar