beboshvoq
bilan ulashing
1. Boʻshatib, yechib yuborilgan, boshvoqsiz.
-
Beboshvoq mol.
-
Sigir jonivorni yil-oʻn ikki oy beboshvoq qoʻydingmi — tamom, undan qoʻlingni yuvib, qoʻltigʻingga uraver. Oʻ. Umarbekov, Yurak soʻzlari
-
Bizning dargohga yaqin joyda ikki yashar chamali bir ola tanacha beboshvoq oʻtlab yurar edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
2. koʻchma ayn. Bebosh 3, 4, 5, 6.
-
Betonchilarimiz orasida bir-ikkita beboshvoq bolalar bor, ular koʻpincha odamlarni ishdan qoʻyib, sandiroqlab yuradi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Azizxon elga nafi tegmaydigan beboshvoq yigit. U. Normatov, Talant tarbiyasi
-
Chaqmoqday beboshvoq, toshqinday berahm, Lekin koʻzlaringda bir olam hayo. Mirtemir
BEBOSHVOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕБОШВОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beboshvoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar