bebiliska
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Osonlik bilan, mehnat-mashaqqatsiz topilgan; tekin va hisobsiz.
-
Bebiliska daromad.
-
Otasining panohida bebiliska pul bilan hayot kechirgan Shokir ichi qora bir odam edi. H. Noʻmon, Fasllar. Nasimjon
-
Bebiliska pul topishga odatlanib, xizmatini tark etadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Bebiliska pul topishga oʻrganib qolgan Ismoilov koʻp vaqt dami ichida yurdi. Gazetadan
2. Pala-partish, betartib; rejasiz.
-
Shunday faktlar ham borki sugʻoriladigan yerlardan bebiliska foydalanilmoqda. Gazetadan
-
Baʼzan metall naqadar bebiliska sarflab yuborilayotganini aytmaysizmi! Sh. Rashidov
-
Dushman pulemyoti bebiliska niqoblanganidan, artilleriyamiz ovozini oʻchirishdan ojiz edi. N. Safarov, Olovli izlar
BEBILISKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕБИЛИСКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bebiliska so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing